Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirol Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi bilan innovatsiyalar yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Qirol Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi bilan innovatsiyalar yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Saudiya Arabistoniga xizmat safari doirasida Qirol Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi prezidenti Munir Eldesouki bilan ilmiy-texnikaviy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlikda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlari uchun moslashtirilgan sun’iy intellekt ilovalarini ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport, suv xo‘jaligi, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarda sun’iy intellektga asoslangan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.

Shuniningdek, har ikki mamlakat tadqiqotchilari, o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish uchun forumlar o‘tkazish hamda Saudiya Arabistoni tomonidan O‘zbekistonning IT sohasiga sarmoyalarini rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha fikrlar almashildi.

Ma’lumot uchun: Qirol Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi (King Abdulaziz city for science and technology, KACST) – Saudiya Arabistonidagi yirik ilmiy va texnologik tadqiqot markazi bo‘lib, mamlakatning ilmiy-texnologik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan. U 1977-yilda tashkil etilgan va Saudiyaning eng muhim ilmiy-ijodiy muassasalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring