Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi Top IT-universitetlar! (video)

Zamon talabi bu, shubhasiz, IT. Sifatli ta’limni qaysi universitetlardan o‘rgangan ma’qul? Bugun O‘zbekistondagi AyTi yo‘nalishidagi universitetlar haqida gaplashamiz.

Toshkentdagi INHA universiteti

Universitetda ikkita yo‘nalish mavjud:

  • Dasturiy injiniring va kompyuter injiniringi — School of Computer and Information Engineering (SOCIE)
  • Logistika va biznes fakulteti — School of Business and Logistics (SBL)

Oliygoh bitiruvchilari Koreya tomonidan beriladigan xalqaro diplomga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ta’lim jarayonlarining to‘rtinchi bosqichini Koreyada davom ettiradilar.

INHA universitetida ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida tashkil etilgan. Matematika va ingliz tili bo‘yicha yaxshi bilim va ko‘nikmaga ega yoshlar grant asosida ham o‘qishlari mumkin. Negaki, har yili hukumat tomonidan 100 dan oshiq grantlar ajratiladi.

Statistika bo‘yicha, o‘tgan yili INHAni 350 dan ortiq talaba bitirgan bo‘lsa, ulardan 320 nafari hozirda ish o‘rniga ega. Qolgan bitiruvchilar esa ta’lim faoliyatlarini magistratura bosqichida davom ettirishyapti.

Ayni vaqtda universitetda qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Batafsil ma’lumotlarni inha.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

  • Kontrakt to‘lovi — taxminan 32 mln so‘m.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Universitetning bakalavr bosqichida 19 ta yo‘nalish mavjud. Kompyuter injiniringi, sun’iy intellekt, mexatronika, robototexnika va dasturlash ITning eng asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Ta’lim kunduzgi, sirtqi va masofaviy turlariga ega.

Shuningdek yurtimizning turli hududlarida filiallariga ega.

Qabul jarayonlari odatdagidek, 2023-yil 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Batafsil ma’lumotlarni tuit.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

  • Kontrakt to‘lovlari — taxminan 12 mln so‘m.

Amity universiteti

Angliya va Amerikaning akkreditatsiyasidan o‘tgan Markaziy Osiyodagi yagona universitet bu — Amity.

Universitet Hindistonning IT yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or tajribasiga asoslangan va albatta ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida hindistonlik professor-o‘qtiuvchilar tomonidan o‘tiladi. Talabalar universitetning boshqa davlatdagi 16 ta filiallariga borib, o‘quv almashinuv kurslarida qatnashishlari mumkin.

Amity universitetida besh xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, axborot texnologiyalari, kompyuter muxandisligi, iqtisod, biznes boshqaruvi va turizmni boshqarish yo‘nalishlarida tahsil olish mumkin.

Imtihonlar ingliz tili va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tadi, qabul jarayonlari esa ayni vaqtda davom etmoqda va sentyabr oyigacha hujjatlar qabul qilinadi.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar universitet tomonidan 20 foizlik va davlat tomonidan 100 foizlik to‘lanadigan grantlarga ega bo‘la oladilar.

Batafsil ma’lumotlarni Amity.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

  • Kontrakt to‘lovlari — dastlabki bosqichda 25 mln so‘m, keyinchalik texnik fanlar yo‘nalishi 36 mln so‘m.

IT Park University

Ushbu universitetga Epam Systems nomli global IT hab asos solgan. Asosiy afzalligi uning onlayn shaklda ekanligidir. Ushbu kompaniya universitet tashkil qilishidan asosiy maqsad — o‘ziga kadrlar tayyorlash. Ya’ni, universitet bitiruvchilari EPAM Systemsda ishlash imkoniyatiga egalar.

Universitetda uchta yo‘nalish mavjud:

  • Front-end development
  • Back-end development
  • Testing

Ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun imtihonlar matematika va ingliz tili fanlaridan topshiriladi. Imtihonlar har oy tashkil etiladi. Universitet filiallari har bir viloyatning IT Park bo‘linmalarida tashkil etilgan.

  • Kontrakt to‘lovlari — 15 mln so‘m.

PDP University

Ushbu xususiy universitetda ITning to‘rtta muhim yo‘nalishi o‘qitiladi:

  • Software engineering and programming
  • AI (artificial intellegence)
  • Data analytic
  • Business change and management

Yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar 50 yoki 100 foizlik grantlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, hamkor tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun o‘qish pullari to‘lab beriladi.

  • Kontrakt to‘lovlari — 36 mln so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring