Olmaota shahrida Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
Olmaota shahrida 31-yanvar kuni “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Eron Bosh vazirlari, Armaniston Bosh vazirining o‘rinbosari va boshqalar qatnashgan majlisda O‘zbekiston Bosh vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yurtimizni sun’iy idrok texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida taqdimot qildi.
Shuningdek, raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter