Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligi e’tirofga sazovor bo‘ldi (foto)

Raqamli texnologiyalar vazirligi e’tirofga sazovor bo‘ldi (foto)

Foto: Digital.uz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Yevropa va Markaziy Osiyoda raqamlashtirishni tezlashtirishga bag‘ishlangan hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum Yevropa va Markaziy Osiyoning 15 mamlakatidan 100 dan ortiq hamkorlarni, jumladan, davlat amaldorlari, hukumat vakillari, xususiy sektor rahbarlari, yoshlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlarini — xotin-qizlar uchun innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiy adolatni kuchaytirish maqsadida birlashtiradi. Unda O‘zbekiston nomidan Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova va Raqamli texnologiyalar vazirligi Strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Shukurov ishtirok etdi.

Tadbirda BMT Ayollar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi Raqamli texnologiyalar vazirligini “Gender tengligi uchun texnologiya va innovatsiyalar” yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, kelgusida bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishni belgilab olganligi munosabati bilan mukofotladi.

Tadbirda BMT Ayollar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi “Gender tengligi uchun texnologiya va innovatsiyalar” yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, kelgusida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni belgilab oldi:

• “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini gender tengligi va imkoniyati cheklangan insonlar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalalarini kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirish;

• Xotin-qizlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish;

• Yosh qizlarga ish faoliyati uchun zarur tajriba almashish va texnologiyalarni o‘rganishga qaratilgan xalqaro anjumanlarda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish;

• Raqamli texnologiyalar foydalanishda xotin-qizlar uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida venchur kapitalini jalb qilish uchun xalqaro tajribadan kengroq foydalanish kabilardir.

Shuningdek, tadbirda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni iqtisodiyotga keng joriy qilish yuzasidan bir nechta sessiyalar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, gender tengligini oshirish, barqaror jamiyat, xavfsiz va aqlli shaharlarni barpo etish bo‘yicha raqamli yechimlar, mahsulotlar, mamlakatdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring