ShHT davlatlarining AKT bo‘yicha vazirlik va idoralari rahbarlari uchrashdi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Olmaota shahriga xizmat safarini amalga oshirmoqda.
Tashrifning dastlabki kunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etildi.
Mazkur yig‘ilishda tomonlar o‘z mamlakatlarida raqamlashtirish va AKT sohasining rivojlanish suratlari va istiqbollari to‘g‘risida taqdimot qilib, hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga kelishdi.
Oleg Pekos O‘zbekistonda raqamlashtirishning holati, bunda AKT sohasini rivojlantirishda ustuvor vazifalarni o‘z ichiga olgan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi, raqamli ta’lim, elektron hukumat, telekommunikatsiya va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Yig‘ilish yakunida, Raqamlashtirish sohasida hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinib, yig‘ilishning Yakuniy bayonnomasi tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter