Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon Banki vakili bilan raqamli iqtisodiyot va IT ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

Jahon Banki vakili bilan raqamli iqtisodiyot va IT ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jahon Banki vakili Rita Almeyda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi O‘zbekistonning IT ta’lim va raqamli iqtisodiyot sohasidagi islohotlari va Jahon Bankining qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat edi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekistonning IT ta’lim va raqamli iqtisodiyot sohasidagi islohotlari, hamkorlik istiqbollari va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Jahon Banki vakillari O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi yutuqlari va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlari haqida ijobiy fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonida ko‘rsatilayotgan sa’y-harakatlari yuqori baholandi hamda Jahon Banki vakillari bu jarayonni yanada rivojlantirishda yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘z navbatida, vazir Sh. Shermatov O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi islohotlari, xususan, ingliz tili va IT ta’limiga qaratilgan dasturlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar va IT sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha erishgan yutuqlarini ta’kidlanib, innovatsion metodologiyalarni joriy etish orqali talabalar uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishda kuchli raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ularni xalqaro mehnat bozorida talabga javob beradigan malakaga ega qilish zarurligini ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Jahon Banki vakillari O‘zbekistonning raqamli sohasida yutuqlarga qiziqish bildirdilar va hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qildilar. Vazirlik hamda Jahon Banki vakillari raqamli iqtisodiyot va IT ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring