Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei kompaniyasining mintaqaviy yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazildi

Huawei kompaniyasining mintaqaviy yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazildi

Mamlakatimizni IT-hubga aylantirish yo‘lida Huawei kabi xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy tadbirlarini yurtimizda o‘tkazish bo‘yicha ishlar kengaytirilmoqda.

Shu maqsadda Toshkentda tashkil etilgan Huawei kompaniyasining 20 dan ortiq vakolatxonalari rahbarlari va boshqaruvchi rahbarlari yig‘ilgan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha yarim yillik mintaqaviy yig‘ilishida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda vazir mamlakatning jadal raqamli rivojlanishi, xalqaro IT-kompaniyalar uchun qulay biznes sharoitlarini yaratish va O‘zbekiston brendini mustahkamlashda respublikaning mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini oshirishni hisobga olgan holda AKT sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarga mezbon davlat sifatida yillik yig‘ilishni O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni olqishladi. 

“O‘zbekiston bilan hamkorlikning 25 yillik tarixini inobatga olib, Huawei kompaniyasining mintaqaviy rahbarlarini bu yil Toshkentda kutib olishdan mamnunman. Kompaniyaning AKT sohasini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyamizni amalga oshirish va O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish uchun katta ahamiyatga ega. “Respublikada xalqaro IT-kompaniyalar biznesini rivojlantirish, kompaniya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun butun dunyo bo‘ylab ularning biznes-jarayonlarini autsorsing (BPO) ofislarini joylashtirish, mintaqaviy va global tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – dedi Sherzod Shermatov.

Yig‘ilish davomida Huawei rahbarlari IT Park Uzbekistan rezidentlari uchun amaldagi “Zero Risk” dasturi, IT Park rezidentlari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan imtiyozlar va xalqaro biznesni O‘zbekistonga jalb etish rejalari bilan tanishdi. 

Shunindek, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi loyihalarni ishlab chiqish, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan beshta Huawei global resurs markazlaridan birining faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.  Bu esa O‘zbekistonning IT xizmatlari eksportini oshirish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochish, respublikaning mintaqada IT-sanoatni rivojlantirish markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Huawei O‘zbekistonda 25 yildan buyon AKT infratuzilmasini mustahkamlash, energetika sohasiga yashil texnologiyalarni joriy etish va mahalliy iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirish orqali faoliyat yuritib kelmoqda.

Avgust oyida ilk marta Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlaridan 150 dan ortiq talabalarni birlashtiradigan “Seeds for the Future 2024”  ta’lim loyihasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring