Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“HCL Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

“HCL Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov vakillari “HCL Technologies” kompaniyasi korporativ vitse-prezident va global rahbari Srimathi Shivashankar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muhokama chog‘ida ta’lim sohasida raqamlashtirishning bugungi holati, yosh iste’dodlarni tarbiyalash va rivojlantirish sohasidagi imkoniyatlarga oid mavzular ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida vazir Sh.Shermatov vazirlikning asosiy maqsadlaridan biri yosh avlodni tayyor ish o‘rinlari bilan ta’minlash, shu yerning o‘zida turib ishlari uchun munosib sharoit yaratishdan iborat ekanini qayd etdi. Vazir O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyati cheklangani, shu sababli vazirlik IT sohasini faol rivojlantirayotgani, bu esa IT-xizmatlari eksportini jadal oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Vazir, shuningdek, vazirlik tomonidan Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgani, kurslarni tamomlagan va sertifikat olgan mutaxassislarga mamlakatimizda yuqori maoshli ishga joylashish imkonini beruvchi sertifikatlashtirish tizimi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida, korporativ vitse-prezident va global rahbari Srimahti Shivashankar vazirlikning AKT sohasidagi yutuqlari va O‘zbekistondagi IT-Parkning rivojlanish darajasini yuqori baholadi.U kompaniya haqida qisqacha taqdimot qildi va asosiy e’tibor yo‘nalishlarini ta’kidladi. Hamkorlik bo‘yicha takliflardan biri Srimati Shivashankar maktab davridan boshlab yoshlarni o‘qitish va ko‘nikmalarini rivojlantirishni aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya ushbu jarayonda yordam bera oladigan ko‘plab kompaniyalar bilan aloqada. Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistondagi universitetlar bilan muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni ham ko‘rib chiqmoqda.

So‘ngra vazir Sh.Shermatov kompaniya vakili tomonidan bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi va bu borada hamkorlik va yordam berishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, kompaniya vakillarini Enterprise Uzbekistan tashkil etish rejalari haqida ma’lumot berib, bu erkin iqtisodiy zona va xalqaro standartlarga mos me’yoriy-huquqiy bazaga ega makon bo‘lishini, bu O‘zbekistonga ko‘proq xorijiy kompaniyalarni jalb etishini ta’kidladi.

Yakunda tomonlar hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdi va samarali hamkorlikka umid bildirdi.

Bundan tashqari, keyingi hamkorlik doirasida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring