“Zirapcha”dan chiqqan IT-Woman (+video)
Hayot turli past-balandliklar, sinovli kunlardan iborat. Ana shu sinovlarni yengib o‘tgan kishigina haqiqiy rohatga erisha oladi.
IT-Woman ko‘rsatuvimizning bugungi qahramoni Dilfuza Dadamatova ham hayot so‘qmoqlaridagi baland-pastliklardan raqamli texnologiyalar sohasiga oid bilimlari yordamida osonlik bilan chiqib keta olgan ayollardan biri.
U hozirgi kunda zamonaviy kasblarni egallash orqali nafaqat o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirdi, balki boshqa ayollarga ham iqtidorlarini namoyon etishlarida yordam bermoqda.
Sinovli kunlardan hech qanday psixolog va motivatorlarsiz o‘zini-o‘zi band qilish orqali qanday chiqib keta olganligi, “Zirapcha”dan reklama agentligi rahbarligigacha bo‘lgan yo‘lni qanday bosib o‘tganligi va bugungi kundagi muvaffaqiyatlari siri sizga ham qiziq bo‘lsa ko‘rsatuvning to‘liq shaklini Xabar.uz YouTube kanalida tomosha qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter