Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Faqat IT sohasiga qiziquvchi qizlar va ayollar uchun! (video)

Ma’lumotlarga ko‘ra, Google kompaniyasi, garchi ayollar kasbiy malakasi bo‘yicha qolishmasa-da, erkaklarni yuqori lavozimga ko‘tarishga ko‘proq yon bosar ekan.

Bu kabi qo‘shtirnoq ichidagi “kamsitish” qanchadan-qancha ayol-qizlarning texnologiyadan tezda “sovishiga” va ayollar uchun an’anaviy hisoblangan sohalarga ketishiga olib keladi.

Ammo ayollar tomonidan asos solingan kompaniyalar yaxshi daromad keltirishini Boston Consulting Grup tadqiqoti isbotladi.

Mamlakatimizda ham IT sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib, ayollar uchun ushbu yo‘nalishning ustunliklarini amalda ko‘rsatib berayotgan ayollar va kompaniyalar talaygina.

Agar siz uy bekasi yoki yosh ona bo‘lsangiz, jamoa bilan ishlashga sharoitingiz to‘g‘ri kelmasa — bugungi ko‘rsatuvimiz aynan siz uchun!

Ogohlantirib o‘tamiz, ushbu ko‘rsatuvni ko‘rgandan so‘ng kasbingizni aniq o‘zgartirasiz va daromadingiz oshib ketish ehtimoli ham yuqori!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring