Xayriya dasturi 500 million dollarni ehson qildi, ammo...

Elektron tijorat bilan shug‘ullanvchi Amazon kompaniyasi 20 fevralda AmazonSmile xayriya dasturini tugatishini ma’lum qildi.
Loyiha doirasida xaridorlar har bir buyurtma pulining 0,5 foizini xayriya tashkilotlariga ehson qilar edilar. Bu uchun xaridorlardan alohida to‘lov talab qilinmagan va mablag‘ qaysi tashkilotga o‘tkazilishini ham o‘zlari tanlaganlar.
2013 yili yo‘lga qo‘yilgan AmazonSmile shu vaqtgacha deyarli 500 million dollarni ehson qildi. Uning tugatilishiga xayriya tashkilotlarining ko‘payib, dunyo bo‘ylab 1 milliondan oshib ketgani yoki kompaniya xarajatlarini qisqartirayotgani sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter