Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik delegatsiyasi Hindistonda ITU tomonidan tashkil etilgan “Standartlar bo‘yicha Global simpoziumi”da va uning doirasida o‘tgan vazirlar darajasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

Vazirlik delegatsiyasi Hindistonda ITU tomonidan tashkil etilgan “Standartlar bo‘yicha Global simpoziumi”da va uning doirasida o‘tgan vazirlar darajasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya Nyu Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) “Standartlar bo‘yicha Global simpoziumi”da ishtirok etdi.

GSS-24 a’zo va a’zo bo‘lmagan davlat va tashkilotlar uchun ochiq muhokama va muvofiqlashtirish uchun yuqori darajadagi maydon bo‘lib, “Navbatdagi raqamli to‘lqinni yaratish: yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va xalqaro standartlar” mavzusiga doir masalalar muhokama qilindi.

“Standartlar bo‘yicha Global simpoziumi” doirasida Vazirlar darajadasigi davra suhbati ham tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida Vazir o‘rinbosari J.Maxsudov ma’ruza bilan qatnashdi.

Raqamli tenglikni ta’minlashda 5G/5.5G, sun’iy yo‘ldosh va yer usti bo‘lmagan (NTN) tarmoqlar hamda sun’iy intelekt kabi ilg‘or texnologiyalarning ijobiy yutuqlaridan foydalanish samarali yechim bo‘lishi, shu o‘rinda, O‘zbekistonda salmoqli ishlar olib borilayotganligi, hozirgi kunda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan birgalikda to‘liq qayta tiklanuvchi energiyalar asosida ishlovchi ma’lumotlar markazi qurilishi olib borilayotganligi, sun’iy intellekt tadbiq qilishga ham katta e’tibor qaratilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Davra suhbati so‘ngida barcha yuqori darajadagi ishtirokchilar innovatsiyalar kelajagini yaratish, global miqyosda o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kuchlarni birlashtirgan yangi bosqichni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring