Vazir Qashqadaryoda IT ta’lim rezidenti “Global Education” MChJga tashrif buyurib, markaz faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti “Global Education” MChJga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida vazir markaz faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berdi. Jumladan, IT ta’limini yanada kengaytirish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda ushbu o‘quv markazi nafaqat IT ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki viloyatda yangi ish o‘rinlarini ham ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Ayni paytda markazda 70 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu nafaqat yoshlarni kasbiy rivojlantirish, balki hudud iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek ta’lim oluvchi yoshlar uchun IT sohasi bo‘yicha zamonaviy jihozlangan xona, kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, bolalarni qo‘shimcha bilim olishlari uchun COWORKING zonalari tashkil etilgan.
Bir qancha startap loyihalar, jumladan, “Roboteach - masofaviy ta’lim” Respublikamizdagi barcha yoshlar uchun IT sohasi hamda xorijiy tillarni onlayn tarzda mustaqil ta’lim olishga yordam beradi. https://essay-checker.ai/ platformasi yoshlarning yozgan insholarini mustaqil baholashi, Olimpiadalar.uz onlayn test platformasi orqali o‘quvchi va o‘qituvchilarni barcha fanlardan bilimlarini tekshirish hamda fanlarni chuquroq o‘rganishiga ko‘maklashadi.
Tanishuv davomida vazir Sh. Shermatov kelajakda yosh mutaxassislar xalqaro IT bozorida muvaffaqiyatga erishishlari uchun zamonaviy texnologiyalarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Muloqot davomida startap loyihalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar yaratish va ta’lim jarayonlarini raqamli platformalar orqali kengaytirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter