UZTELECOM — MDH mamlakatlarining 2023-yildagi mintaqaviy operatori

Berlin (Germaniya)da navbatdagi GCCM Europe 2023 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli anjumanda 100 dan ortiq xalqaro telekommunikatsiya operatorlari ishtirok etdi. Ular orasida, jumladan, Deutsche Telekom, China Mobile International, STC va Telecom Italia Sparkle kabi yirik jahon kompaniyalari ham bor edi.
E’tiborlisi, ushbu tadbir doirasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “2023-yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda ham “O‘zbektelekom” AK “MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Ma’lumot uchun: GCCM — eksklyuziv global klub va telekommunikatsiya kompaniyalarining hamjamiyatidir. Operatorlar hamjamiyati ulgurji telekommunikatsiya provayderlari va telekommunikatsiya ekotizimi hamkorlari uchun global sanoat media, tarmoq va brending, shu jumladan, statsionar aloqa, Data, xabar almashish, mobil aloqa, ma’lumotlar saqlash va qayta ishlash markazlari, VAS, MVNO, ISP, Telehouse, Cloud va boshqa tegishli tarmoqlar platformasini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter