Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyatida aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi

Xorazm viloyatida aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumani, Jaloil mahallasi hududida fuqaro O.N. qazish ishlarini olib borish jarayonida “Oʻzbektelekom” AK Xorazm filiali Yangiariq – Xiva yo‘nalishidagi optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu’basi tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaro O.N. telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagani aniqlandi. Hamda fuqaroga “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi.

Ushbu aloqa tarmog‘i zaxiralanganligi sababli telekommunikasiya tarmoqlarida to‘xtalishlar va xizmatlar sifati yomonlashishi holatlari yuzaga kelmagan. Huquqbuzarga kelgusida aloqa liniyalari o‘tgan hududlarda qazish ishlarini olib borish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2024-yil davomida Xorazm viloyati bo‘yicha jami 7 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qazish, kavlash va tekistlash ishlarini amalga oshirish jarayonida aloqa kabellari uzib yuborilgan bo‘lib, ushbu holatlarning barchasi bo‘yicha telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinmaganligi yuzasidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasiga asosan ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring