Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qurilma ko‘zi ojizlarga xavfsiz harakat imkoniyatini beradi

Yangi qurilma ko‘zi ojizlarga xavfsiz harakat imkoniyatini beradi

Foto: "techcult.ru"

Shveytsariyada endigina o‘z ishini boshlayotgan biznes – Biped shunday qurilma yaratdiki, uni taqib olgan ko‘zi ojizlar shahar bo‘ylab mustaqil harakatlanib, o‘zini o‘zi eplay oladi.

Shaklan xavfsizlik kamarini eslatuvchi ushbu qurilma yelkaga taqib olinadi. Unda kamera va quloqchinlar bo‘lib, ko‘zi ojiz kishini xavfli jismlarga urilish va boshqa shu kabi vaziyatlardan himoyalaydi. Quloqchinlar yordamida eshitish qobiliyati past insonlar ham atrofdagi tovushlarni yaxshi ilg‘ay oladilar.

3D-kamera va sun’iy intellekt yaqin maydondagi harakatdagi va ko‘chmas ob’yektlardan ogohlantiradi. Quloqchinga yetkaziladigan audiosignal qattiq jismlarga urilishlarning oldini olishga qaratilgan.

Moslama GPS va boshqa navigatorlar bilan birga ishlay oladi. Foydalanuvchi u orqali qay tomonga yurish haqida eslatma qabul qiladi. 900 grammlik mazkur mo‘’jizaning batareyasi 6 soatga yetadi.

 

Manba: techcult.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring