Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar qonni tekshirish uchun yangi qurilma yaratdilar

Olimlar qonni tekshirish uchun yangi qurilma yaratdilar

Foto: Live journal

Yaponiyalik olimlar hatto uy sharoitida ham foydalanish mumkin bo‘lgan qonni tekshirish uchun kichik qurilma yaratdilar. Texnologiya tahlil xarajatlarini kamaytirishga va natijalarni kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradi.

An’anaviy qon analizatorlari katta va qimmat. Yangi ishlanma aylanish orqali qon oqimini boshqaradigan  mikroflyuidli chipdan foydalanadi. Bunday yondashuv, atigi 5 mkl qondan foydalangan holda, masalan, o‘simta belgilari uchun murakkab testlarni o‘tkazishga imkon beradi (bu miqdorni hatto barmoqdan ham olish mumkin).

Yangi texnologiyaning asosiy afzalligi uning soddaligi va arzonligidir. Chip ommaviy ishlab chiqariladi va tahlil oddiy aylanish bilan boshlanadi.

Tadqiqotchilar kelajakda chipdagi bunday mini-laboratoriyalarni nafaqat shifoxonalarda, balki dorixonalarda va balki uyda ham o‘rnatish mumkinligiga ishonchlari komil. Bu odamlarga test natijalarini tezroq olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring