Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIOBE indeksida ‘Python’ yetakchi bo‘ldi

TIOBE indeksida ‘Python’ yetakchi bo‘ldi

google.com

’Python’ nufuzli “TIOBE” tomonidan ketma-ket ikkinchi marta “Yilning dasturlash tili” mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot bir yil ichida eng yuqori o‘sishga erishgan dasturlash tiliga beriladi. Avvalroq ’C#’ dasturlash tili tarixda birinchi bor ushbu unvonga ega bo‘lish yo‘lida edi, biroq ’Python’ so‘nggi oy undan o‘zib ketdi.

Python 2021 yil boshida “TIOBE” indeksining uchinchi pog‘onasida bo‘lgan. Biroq keyinroq ’Java’ va ’C’ dasturlash tillarini ortda qoldirishga erishdi. Hozirgi kunda u reytingda raqobatchilaridan 1 foizdan ko‘proq oldinda bo‘lib turibdi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ’Python’ ko‘plab domenlar uchun “de facto” standart dasturlash tiliga aylanish imkoniyatiga ega. Uning hozirgi zafarli yurishi tez orada to‘xtab qolishi haqida esa hech qanday farazlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, “TIOBE” Programming Community indeksi dasturlash tillarining mashhurligi ko‘rsatkichidir. Indeks har oyda bir marta yangilanadi. Reyting butun dunyo bo‘ylab malakali dasturchi muhandislar, kurslar va uchinchi tomon sotuvchilari soniga asoslanadi. Uni tuzishda Google, Bing, Yahoo!, Wikipedia, Amazon, YouTube va Baidu kabi mashhur qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring