Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tesla raqibi uchar mashina yaratdi

Tesla raqibi uchar mashina yaratdi

Foto: Techcult.ru

Hozirda ko‘plab avtokonsernlar uchar mashinalar yaratishga qiziqib qolishdi. Ular orasida Xitoy brendi Xpeng ham bor. Tesla raqobatchisi sanalmish ushbu kompaniya havo mashinasini ishlab chiqardi. X3 uchar avtomobilining ilk parvozi muvaffaqiyatli kechdi.

Ko‘rinishidan bolalar o‘yinchog‘iga o‘xshaydigan ushbu mashina 9 metr yuqoriga ko‘tariladi. 1950 kilogramm yukni ko‘tara oladi. Shuningdek, qanotlari qayrilib, ichga kiradi va undan yerda, odatiy mashinalar kabi foydalanish ham mumkin.

Avvalroq Ilon Mask uchar mashinalarni tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring