Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv hisoblagichi deb idorama-idora yurish shart emas

Suv hisoblagichi deb idorama-idora yurish shart emas

Foto: Recn.ru

Yaqinda uyimizni ta’mirdan chiqardik. Oshxonani boshqa joyga ko‘chirganimiz uchun ichimlik suvi hisoblagichi joyini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Bu bitta usta bilan bitadigan ish emas ekan. Yozuv-chizuv, rasmiy hujjatlar, idorama-idora yurish deganidek... Bunga ertalabdan kechgacha ishda bo‘lgan turmush o‘rtog‘imda ham, ustalarga ovqat pishirish bilan band bo‘lgan menda ham vaqt topilmadi.

O‘sha kunlari uyimizga “Xormanglar” deb kelgan akamga shu haqida aytgandim, “Nima, zamondan orqada qolganmisizlar? Buni onlayn hal qilsa bo‘ladi-ku” deb qoldi. Aytishicha, my.gov.uz xizmatlari orasida sovuq suv hisoblagichini yechish, o‘rnatish va tamg‘alashga oidi ham bor ekan. Ya’ni ariza uydan chiqmagan holda – portal orqali onlayn to‘ldirilarkan.

Kechki payt turmush o‘rtog‘im ishdan qaytganida akamdan eshitganlarimni aytdim. Avvaliga “Yo‘g‘-yey, qo‘ysang-chi”, deb ishonmadi. Keyin qo‘l telefonidan internetga kirib sinab ko‘rdi. Ariza to‘ldirish jarayonida o‘zi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda chiqib kelganida ikkimiz ham hayron qoldik. Shuncha payt cho‘zib yurilgan ishni bir zumda, uyda kechki ovqat ustida, yana bepul bitirib oldik. Bunday imkoniyat borligini boshqalar ham bilisharmikin?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring