Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy go‘sht yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirarmish

Sun’iy go‘sht yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirarmish

Foto: Lenta.ru

Nortumbriya universiteti tadqiqotchilari qizil va qayta ishlangan go‘shtni qo‘ziqorinlardan olingan sun’iy go‘sht bilan almashtirish yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytirishi va foydali ichak bakteriyalarini ko‘paytirishini aniqladilar.

Olimlar 18-50 yoshli 20 nafar sog‘lom katta yoshli erkaklarni kuzatdilar. Birinchi guruh ishtirokchilari ikki hafta davomida har kuni 240 gramm qizil va qayta ishlangan go‘sht iste’mol qildilar. Ikkinchi guruhga qo‘ziqorinlardan olingan mikoprotein berildi.

Sun’iy go‘sht yegan guruhning najas va siydik namunalarini tahlil qilish genotoksinlar darajasi sezilarli darajada kamayganligini ko‘rsatdi. Qizil va qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilganlarda genotoksin darajasi yuqori bo‘lib, ular yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oshirishi mumkin edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring