Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Subsidiyaga uy olib beruvchi” firibgar bo‘lib chiqdi

“Subsidiyaga uy olib beruvchi” firibgar bo‘lib chiqdi

Foto: GD

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli A.I. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 7 680 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi 35 yoshli X.M. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan X.M. jabrlanuvchi (A.I.) bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, unga subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilib, oldindan 7 680 000 so‘m pulni o‘z hisobiga o‘tkazib olgan, so‘ngra yozishmalarni o‘chirib yuborib, aloqani uzib qo‘ygan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.M.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring