Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SpaceX 14 yoshli dahoni ishga oldi?

SpaceX 14 yoshli dahoni ishga oldi?

Foto: Twitter

SpaceX kompaniyasi 14 yoshli Kayran Kvazini ishga oldi. Xabarga ko‘ra, “kompyuter fanlari va injeneriya” mutaxassisi diplomini qo‘lga kiritgan Kayran kosmik kompaniyada dasturchi-muhandis sifatida Starlink yo‘ldoshli internetini rivojlantirishda ishtirok etadi.

Foto: 4PDA

Kayran Kvazi hozir 14 yoshda, bu yil Santa-Klara (AQSh) universiteti bakalavri diplomini oladi — universitetning 172 yillik tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan. Tabiiyki, shunday iqtidor egasi e’tibordan chetda qolishi mumkin emas edi, oxir-oqibat yosh dahoni o‘z jamoasiga qo‘shib olish Ilon Maskka nasib etdi.

Ma’lumot uchun: SpaceX kompaniyasiga ishga kirishga ariza topshirganlarning atigi 0,2 foizigina ishli bo‘ladi.

“Hayotimdagi yangi bosqich boshlanganidan shodman”, — dedi Kayran ishga olinganidan so‘ng.

Kayrandagi iqtidor bolaligida namoyon bo‘lgan, onasi turli kitoblarni o‘qib berganida diqqat bilan tinglardi. 2 yoshidayoq burro gapirishni boshlagan, shifokorlar  onasiga uni maktabgacha ta’limga topshirishni tavsiya qilishgan. Keyinroq undagi IQ ko‘rsatkichi sayyoramizdagi 99,9 foiz odamlarnikidan yuqoriligi tasdiqlangan.

Foto: Daily Mail

Kayran 10 yoshida Intel Labs kompaniyasida sun’iy intellektni tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy xodim sifatida amaliyot o‘tagani nazarda tutilsa, unda ulkan kompaniyalarda ishlash tajribasi yetarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring