Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ro‘za tutish ruhiy salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ro‘za tutish ruhiy salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Foto: TOMIN

Ro‘za tutgan kishi xavotir, stress, tushkun kayfiyat kabi salbiy holatlardan qutulishi mumkin ekan. Bunga asosli dalillar bor.

Gap shundaki, muayyan ovqat va ichimliklardan tiyilish natijasida organizmda stress gormoni — kortizolni ishlab chiqarish pasayadi. Umuman olganda, ro‘za va parhez organizmni bo‘shashtirib, asab (nerv)larni tinchlantiradi.

Ro‘za tutganlarning organizmida dofamin ishlab chiqarilishi faollashadi. Bu miyaga kislorod bilan to‘yingan qon oqimi kuchayishi bilan bog‘liq. Qolaversa, ro‘za tutib, depressiya simptomlarini boshqarish mumkin. Ochlik xavotir, tajanglik, g‘azab hissini kamaytiruvchi va aksincha, baxti hissini kuchaytiruvchi moddalar — endorfinlarning ishlab chiqarilishiga olib keladi.

Bular bevosita ro‘za tutish davridagi ijobiy holatlar edi. Xo‘sh, ro‘za tutish istiqbolda nimalarga sabab bo‘lishi mumkin?

Ma’lum bo‘lishicha, ovqatdan vaqtincha tiyilib yurish keyinchalik insonni diqqatni bir joyga jamlay olishga o‘rgatadi, xotirasini kuchaytiradi, organizmda yangi hujayralarning shakllanishiga zamin yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring