Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozishni istovchilar uchun yangi ilova chiqarildi — Healthify

Ozishni istovchilar uchun yangi ilova chiqarildi — Healthify

Foto: Inc42

Hindistonlik olimlar sun’iy intellektga asoslangan Healthify ilovasini taqdim etishdi — u ovqat suratiga qarab kaloriyasini aniqlab beradi.

Ilovani chiqargan kompaniya asoschisi va rahbari Tushar Vashishtning ta’kidlashicha, Healthify suratga qarab 1 milliondan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay oladi. Sun’iy intellekt algoritmlari esa porsiya o‘lchamini hisoblaydi. Ushbu dastur murakkab va ko‘p tarkibli yeguliklar, masalan, salatlarni ham ajrata oladi. Ilova ovqatning kaloriyasini 90 foiz aniqlikda hisoblay olishi aytilmoqda.

Muayyan foydalanuvchi tomonidan ishlatilishi davomida Healthify, kelgusida yanada aniqroq hisoblash uchun, foydalanuvchining ovqatlanish odatlarini eslab va tinmay o‘rganib boradi.

Kaloriyalarni hisoblash — ilovaning yagona vazifasi emas. Ozish istagidagilar, stressdan qutulmoqchi bo‘lganlar, uyqusini yaxshilashni xohlovchilar uning yordamida sun’iy intellekt bazasidan kerakli taomlar taklif etilgan tavsiyalarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Ilovadan foydalanish hozircha bepul, 2024-yilning yanvaridan oylik obuna taxminan 15 funt sterling qilib belgilanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring