Raqamli texnologiyalar vaziri GCore kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov GCore jamoatchilik va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha global direktori Piter Sodermans hamda GCore bosh menejeri Gleb Grigorian bilan uchrashdi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda GCoreni kengaytirish rejalari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, hamkorlik masalalari, O‘zbekiston hududida GCore bulutli xizmatlarini taqdim etish, kompaniya xizmatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: GCore ommaviy bulutli va kompyuter xizmatlari, kontentni rivojlantirish, xosting va xavfsizlik yechimlari bo‘yicha xalqaro yetakchi hisoblanadi. Kompaniya korporativ darajadagi korxonalarni birinchi darajali bulutga asoslangan xizmatlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan global infratuzilmani boshqaradi.
Kompaniyaning bosh ofisi Lyuksemburgda joylashgan, Vilnyus, Krakov, Belgrad, Nikosiya, Tbilisi, Toshkent, Manila, Seul va Tokioda ofislari mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter