Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizlar, bu tadbir siz uchun!

Qizlar, bu tadbir siz uchun!

11-mart kuni Samarqandda IT bo‘yicha bilim va malakangizni rivojlantirishga imkon beruvchi to‘rt kunlik oromgoh ish boshlaydi. Unda siz IT sohasiga kirish va o‘z o‘rningizni topish, mehnat bozoriga yoki frilansga chiqish uchun zarur bo‘ladigan asosiy digital-kompetensiyalarni o‘zlashtirish, qolaversa, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishni o‘rganishingiz mumkin.

Sizni nima kutmoqda?

IT sohasida yetakchilik, loyihalarni boshqarish, portfolio va karera yaratish haqida seminarlar.

O‘ziga nisbatan ishonchni oshirish va kasbiy o‘sish bo‘yicha interaktiv mashqlar.

Mutaxassislar tomonidan rezyume tuzish, uni tahlil qilish va mukammallashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.

Frilans platformalari tahlili: digital sohada buyurtmalarni qanday topish va rivojlanish.

ЅTEMda xotin-qizlar jamoasi va volontyorlik imkoniyatlari haqida sessiyalar.

Malakali murabbiylardan ko‘plab amaliyotlar, muloqotlar va foydali insaytlar kutilmoqda.

11-14-mart

School 21, Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17A

Yashash maktab yotoqxonasida 

O‘rinlarlar soni chegaralangan

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim

8-mart kuni saralashning birinchi bosqichi natijalari va ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilinadi. Yangiliklarni va pochtani kuzatib boring – balki ro‘yxatda aynan sizning ismingiz bo‘lar!

Yangiliklarni kuzatib boring – tez orada batafsil ma’lumot beramiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring