Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi (foto)

Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi (foto)

Foto: Digital.uz

Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahridagi IT Park Uzbekistan majmuasida bo‘ldi.

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamrohligidagi delegatsiya a’zolari yurtimizdagi IT sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri hamda soha vakillari ishtirok etishdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan qilingan taqdimotda mehmonlarga mamlakatimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bugun sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqot davomida Prezidentimiz tomonidan sohani yanada rivojlantirish uchun belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish, jumladan, IT-eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish va O‘zbekistonni IT-habga aylantirish yo‘lida kelgusidagi rejalar haqida gapirib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring