Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peoplehive kompaniyasi asoschisi Buxoroda o‘z universitetini ochish istagini bildirdi

Peoplehive kompaniyasi asoschisi Buxoroda o‘z universitetini ochish istagini bildirdi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Peoplehive kompaniyasi asoschisi R. Abraham bilan uchrashdi.

Unda janob Abraham O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni qayd etib, mamlakatimizda IT-sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani va ta’lim sifatini alohida qayd etdi.

Shuningdek, kompaniya Buxoro tibbiyot instituti bilan tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

Ular Buxoroda o‘z universitetlarini ochish istagini bildirdilar. Ayni paytda kompaniya tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha loyihalarni boshqarib kelmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli transformatsiya hamda sun’iy intellekt va ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: Peoplehive kompaniyasi Amerika, Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston va Okeaniyada global miqyosda xizmat ko‘rsatadigan ta’lim konsalting kompaniyasidir. Kompaniyaning asosiy vazifasi — ingliz tilida so‘zlashadigan xalqaro talabalarga o‘quv dasturlari orqali imkoniyat yaratishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring