O‘zbekiston—Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi
«ICTWEEK UZBEKISTAN 2024» AKT haftaligining ikkinchi kunida O‘zbekiston—Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumni Latviya Respublikasi aqlli ma’muriyat va mintaqaviy rivojlanish vazirligining Raqamli transformatsiya bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Gatis Ozols “AKT siyosati va elektron boshqaruv“ mavzusidagi nutqi bilan boshlab berdi.
Tadbirda O‘zbekistonda elektron hukumatning yutuqlari va rivojlanish istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Forumga tashrif buyurgan spikerlardan biri Latviya Elektron kommunikatsiyalar ofisining 5G Techritory forumi direktori Neils Kalnins keyingi avlod mobil tarmoqlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishda ekotizim yondashuvining roli haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, forumda O‘zbekistonda beshinchi avlod tarmoqlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda O‘zbekistonni Latviya orqali Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lash masalalari ham alohida muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter