Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviya bilan mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi

Latviya bilan mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Latviya Respublikasi Aqlli boshqaruv va mintaqaviy rivojlanish vazirligi vakili Gatis Ozols hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Troksha Reynis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda IT-ta’lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda IT sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shu bilan birga, Latviya kompaniyalariga uchinchi mamlakatlarga eksport hajmini oshirish uchun birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring