Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ma’lum qilindi

Foto: «Medium.com»

Bugungi kunda insoniyatning 63% qismi internetdan foydalanadi. 1 yil davomida internet foydalanuvchilari soni 200 millionga ko‘paygan. Ularning asosiy qismi (92,4%) mobil qurilmalar vositasida internetdan foydalanishadi. 4,65 milliard kishi ijtimoiy tarmoqlarda faol.

Jahonda 3 milliarddan ortiq messenjer foydalanuvchilari mavjud. Eng ko‘p foydalanuvchiga ega bo‘lgan platformalar Facebook va WhatsApp bo‘lib, 2,5 milliarddan ortiq foydalanuvchi ulardan foydalanishadi. Bundan tashqari, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda milliy messenjerlardan ham foydalaniladi. Jumladan, Yaponiyada Line, Janubiy Koreyada KakaoTalk va Xitoyda WeChat.

Statista.com sayti eng ommabop messenjerlar ro‘yxatini e’lon qildi:

WhatsApp – 2 mlrd.dan ko‘p foydalanuvchiga ega.

Weixin/Wechat (Xitoy) – 1,3 mlrd.ga yaqin foydalanuvchi.

Facebook Messenger – 988 mln. foydalanuvchi.

QQ – 574 mln. foydalanuvchi.

Snapchat – 557 mln. foydalanuvchi.

Telegram – 550 mln. foydalanuvchi.

Eng ommabop messenjer WhatsApp keysida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:

Messenjerdan bir kunda 100 milliarddan ortiq xabar yuboriladi;

Mobil qurilmalar orqali bir kunda ilovadan o‘rtacha 38 daqiqa davomida foydalaniladi;

26-35 yosh atrofidagi foydalanuvchilarning ulushi 27% ni tashkil etadi;

Foydalanuvchilarning 46,1% qismini ayollar tashkil etadi;

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati:

Telegram – foydalanuvchilarning 80% qismi.

WhatsApp – foydalanuvchilarning 22% qismi.

Facebook Messenger – foydalanuvchilarning 6% qismi.

Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining qariyb 70% qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3% qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.

Mamlakatimizda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 mln.dan ortiq hisoblanadi. Foydalanuvchilarning 34,4% qismi ayollar. Foydalanuvchilarning asosiy qismini yoshlar (18-35 yosh) tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring