Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Lunguandagi “aqlli shahar” bilan tanishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Lunguandagi “aqlli shahar” bilan tanishdi

Foto: Mitc.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Xitoyga xizmat safari davomida Lunguan tumanidagi “aqlli shahar” markazining faoliyati va tajribasini bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, bu yerda yuqori quvvatli bulutli serverlardan foydalangan holda, apparat ta’minoti va ma’lumotlar hajmini optimizatsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lunguanda “aqlli shahar” loyihasi amalga oshirila boshlanganidan beri tumanda o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchiliklar 53,2 foizga qisqargan. Ushbu “aqlli shahar” yagona platforma mujassamlashgan bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan. Hozirgi kunda sun’iy intellekt hamda mashinali o‘qitishning aniqlik darajasi 91 foizga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring