Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

My.gov.uz bor ekan, tanish-bilishga hojat yo‘q!

My.gov.uz bor ekan, tanish-bilishga hojat yo‘q!

Foto: Premier-master.com

Mahmud ikki yildan beri shaharda ijara uyda turadi. Yaqinda yiqqan puliga bir xonali bo‘lsa ham uy sotib olishni ko‘ngliga tugdi. Hali yana ikki yil o‘qishi bor, magistraturaga kirish va ishini shu yerda davom ettirishni ham niyat qilgan. Shu bois o‘z uyi bo‘lishi, har oylik ijara to‘lovidan qutilishni o‘ylab yaxshi qildi-yu,ammo uy-joy tanlashda yoshligiga bordi.

U sotib olishni mo‘ljallab, pulini ham to‘lab qo‘ygan uyning hujjatlarida muammo bor ekan. "Albatta, haqiqat qaror topdi, to‘lagan pullarim qaytarildi, ammo bu uchun rosa ovora bo‘ldim - deydi Mahmud - Bu borada tanishim bo‘lmagani pand berdi, deb attang qilgandim, aslida bunga hojat ham yo‘q ekan ".

Aytishicha, u bir marta og‘zi kuygach, my.gov.uz orqali ishini bitirishga uringan. Bu borada unga "Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish" xizmati qo‘l kelibdi. Chunki u orqali uyning joylashuv manzilidan tortib kadastr raqami, umumiy maydoni, huquqni belgilovchi hujjat nomi, cheklanish mavjud yoki mavjud emasligi, kadastr qiymatigacha – barcha ma’lumotlarni bilib olish mumkin ekan. Ya’ni, mo‘ljaldagi uy obdan tekshirib olingach, ishonch bilan xarid qilinaverarkan.

Shu bahona, portalning "Ko‘chmas mulk" bo‘limi orqali uy bilan bog‘liq boshqa ishlarni ham onlayn, yugur-yugurlarsiz va qog‘ozbozliklarsiz bitirish mumkinligini bilib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring