Endi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi“ ham korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi "Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi" davlat muassasasi rahbariyati hamda "Management Certification" xalqaro sertifikatlashtirish organi xodimlari ishtirokida ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Xalqaro standart Direksiya faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini jamlash va korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
Ushbu sertifikat Direksiyaga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlab, faoliyat jarayonlarining shaffofligi hamda samaradorligining yaqqol ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter