Microsoft mobil qurilmalar uchun o‘yinlar do‘konini yaratmoqchi
Microsoft kompaniyasi mobil qurilmalar uchun o‘zining o‘yinlar do‘konini ishga tushirish rejasini e’lon qildi. Bu Microsoftning Apple va Google bilan raqobatlashishidan darakdir.
Kompaniya strategiyasi mobil o‘yinlar segmentida monetizatsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Do‘konni ishga tushirishning aniq sanasi tilga olinmadi, lekin bu yaqin kelajakda ro‘y berishiga ishonch bildirdi.
Mobil bozorda Microsoft o‘z mavqeini, xususan, Activision Blizzardni 69 milliard dollarga sotib olish orqali mustahkamlamoqchi. 2022-yilda mobil o‘yinlar bozorida pasayish kuzatilgan, o‘yinchilar o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga kamaygan. Mutaxassislarning fikricha, bu tendensiya joriy yilda ham davom etadi.
Xbox bulutli o‘yin texnologiyasi allaqachon mobil telefonlarda katta o‘yinlarni o‘ynash imkonini beradi, ammo hozirgi mobil ilovalar bozorida foydalanuvchilar cheklangan tanlovga duch kelishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter