EPAM kompaniyasida ishlab otasiga elektromobil sovg‘a qilgan qashqadaryolik qiz
Ayni damda EPAM kompaniyasida Software engineer sifatida faoliyat yuritayotgan Aziza Abduraxmonova asli Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidan.
U qiz bola bo‘lishiga qaramasdan o‘zining shaxsiy daromadiga otasining tavallud kuni munosabati bilan avtomobil sovg‘a qildi.
"Mening AyTi sohasini tanlashimga sababchi bo‘lgan inson — bu dadam. Ularning kasblari injener mexanik bo‘lgani tufayli men doim ularga havas qilib injener bo‘lishni orzu qilganman. Meni o‘qib, shu kasbni egallab, bugun muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimda ota-onamning, xususan, dadamning mehnatlari juda katta", deydi Aziza.
Ma’lumot uchun, Aziza 2020 yilda INHA universitetini tamomlab, mehnat faoliyatini UzKDB bankda boshlagan, 2022 yildan boshlab esa EPAM systems kompaniyasida Software engineer sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bundan tashqari, qashqadaryolik injener qiz WTM (Women TechMakers) ambassadori hamda MDCU (Microsoft Developers Community in Uzbekistan)ning co-founderi hamdir.
Qizmi, o‘g‘ilmi birdek tarbiyalab, bilim olishiga sharoit yaratib bergan ota-ona kun kelib mehnatlari rohatini ham ana shunday ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter