Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mask Neuralink chipining ikkinchi bemorga muvaffaqiyatli implantatsiyasi haqida gapirdi  

Mask Neuralink chipining ikkinchi bemorga muvaffaqiyatli implantatsiyasi haqida gapirdi   

Fikrlar yordamida gadjetlardan foydalanish imkonini beruvchi Neuralink chipini implantatsiya qilish operatsiyasi “juda yaxshi” o‘tdi, hammasi ishlaydi, dedi Mask. Birinchi bemorga yanvar oyida chip implantatsiya qilingan va undan foydalanishda davom etmoqda.

Amerikalik biznesmen Ilon Mask uning Neuralink kompaniyasi ikkinchi bemorga falaj bo‘lgan odamlarga raqamli qurilmalardan mustaqil foydalanish imkonini beruvchi chipni muvaffaqiyatli joylashtirganini aytdi.

"Ikkinchi implant bilan hammasi yaxshi bo‘lganga o‘xshaydi.Signallar, ko‘plab elektrodlar mavjud. Hammasi juda yaxshi ishlamoqda", dedi Mask. 

Ikkinchi bemor, xuddi birinchisi kabi, orqa miya jarohati olgan. Unga ko‘ra, qurilmada 1 mingdan ortiq elektrod bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bemordagi implantning 400 ta elektrodi to‘g‘ri ishlamoqda.

Mask Neuralink ikkinchi bemorga qachon jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida ma’lumot bermadi, biroq bu yil yana sakkiz nafar bemorga implantlar berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring