Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malayziyaning “Canaan Communications” rahbariyati bilan O‘zbekistonda kompaniyaning ofisini ochish masalalari muhokama qilindi

Malayziyaning “Canaan Communications” rahbariyati bilan O‘zbekistonda kompaniyaning ofisini ochish masalalari muhokama qilindi

Malayziyaga tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov “Canaan Communications” kompaniyasi asoschisi Rahul Chalam va Biznes operatsiyalari direktori Vinod Prasad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Canaan Communications” kompaniyasi faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda ofisini ochish va IT rezidenti maqomini olish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, soliq imtiyozlari, jumladan, “Zero Risk” dasturi doirasida O‘zbekistonda aloqa markazini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziya kompaniyasi vakillarini 24-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global Business Services Forum” tadbiriga taklif qildi.

Ma’lumot uchun: “Canaan Communications” – Malayziyadagi eng yirik autsorsing kompaniyasi bo‘lib, u mamlakatdagi TOP 25 IT korxonalari reytingiga kiritilgan. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, aloqa markazi xizmatlari va marketingga ixtisoslashgan. Hozirda kompaniyada 250 dan ortiq kishi ishlaydi va Nyu-York, London, Toronto va Sidneyda ofislari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring