Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kibersportda imkoniyatlar cheklanmagan!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni etib belgilangan. Bu kun nishonlanishining asosiy maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

Bugun, 3 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’lim vazirligi va Kibersport assotsiyasiyasi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun bir kunlik kibersport turniri tashkil etildi.

Toshkent shahridagi 100,101,102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 200 dan ortiq o‘quvchilari “Fidanza” kiber arenasida yig‘ilishdi va bugungi kunni maroq bilan o‘tkazishdi.

Har bir yosh avlod borki, o‘z hayotini kompyuter va gadjetlarsiz tasavvur eta olmaydi. Bugungi bayramda aynan kibersport yo‘nalishi tanlanganligi barcha o‘quvchilarga birdek manzur bo‘ldi. Ayniqsa, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, ya’ni Olimpiada ishtirokchisi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mo‘minjon Abdullayev hamda o‘z YouTube kanalida minglab muxlislariga ega “Yakudza” bilan uchrashishgani yoshlarni yanada ruhlantirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring