Janubiy Koreyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida IT yo‘nalishida uzoq yillardan buyon ko‘p tomonlama mustahkam munosabatlar o‘rnatilganiga e’tibor qaratdi. Shunindek, hamkorlikda bir necha loyihalar amalga oshirilganini va bu ko‘p qirrali hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirishni alohida ta’kidladi.
O‘z navbatida, vazir O‘zbekistondagi INHA universiteti haqida gapirib, bu yil Toshkent shahrida universitet ochilganiga 10 yil to‘layotganini qo‘shimcha qildi hamda institutni IT-texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ilg‘or va namunali deb atadi.
Shu bilan birga, vazirlikning kelgusi yillardagi istiqbollari haqida gapirib, O‘zbekiston aholisi uchun yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning IT-xabiga aylantirish va koreys kompaniyalari O‘zbekistonda vakolatxona ochish orqali o‘z xizmatlarini MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilishlari mumkinligi qo‘shimcha qilindi.
Bundan tashqari, “Zero Risk” dasturi haqida qisqacha to‘xtalib, dasturning soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Yakunda Tomonlar uchrashuv va ajratilgan vaqt uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirib, kelgusida yaqin hamkorlikka umid bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter