IT Park rezidenti — “MAAB Innovation” faoliyati bilan tanishuv (foto)

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va vazir maslahatchisi Kamola Sobirova IT Park rezidenti — “MAAB Innovation” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Korxona ta’sischilari bilan suhbat davomida vazirlik vakillariga kompaniyaning faoliyati, kelajakdagi rejalari, O‘zbekistonda “Business Intelligence” yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash va savdo hajmini oshirish bo‘yicha rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu korxona asosan IT-xizmatlarini ko‘rsatish va eksporti bilan shug‘ullanadi va uning bosh eksport bozori AQSh hisoblanadi. Korxonaning 2023 yildagi xizmatlar eksporti hajmi 1,8 million AQSh dollarni tashkil qildi. Hozirda korxona xodimlari soni 100 nafarni tashkil qiladi.
Korxona faoliyatining dastlabki bosqichida tayyor mutaxassis yetishmasligi sababli istte’dodli kadrlarni bepul o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarning barchasi 10 000 dan ortiq yoshlar orasidan mantiqiy fikrlashi va ingliz tili darajasi yuqori yoshlar orasidan saralab olinib, bepul o‘qitilib ishga qabul qilingan.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga korxona tomonidan barcha sharoitlar yaratilib, bugungi kunda talab eng yuqori bo‘lgan SQL, SSIS-SSRS-SSAS, POWER BI, TABLEAU, AZURE, PYTHON, C# va boshqa biznes instrumentlar hamda ingliz tili bepul o‘qitilib kelinmoqda.
Kompaniyada ta’lim olish uchun zamonaviy xonalar, bepul kovorking, tadbirlar o‘tkazish uchun maxsus joylar tashkil qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter