Ilon Mask Turkiyaga yordam berishga tayyor
Bugun Turkiyada ro‘y bergan zilziladan 10 ta shahar zararlandi, 300 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi. Talafotlar qatorida aloqa tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar ham turibdi.
Shundan so‘ng milliarder Ilon Maskdan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mamlakatga Starlink terminallarini jo‘natishni taklif qilib, savol berishdi.
Ilon Mask javoban Turkiyaga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Lekin hozirgacha bu mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldoshli internetidan foydalanish tasdiqlanmagan. Tasdiqlanishi bilanoq SpaceX terminallarni jo‘natib beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter