Hududiy elektr tarmoqlarida “Electro Control” axborot tizimi taqdimoti bilan tanishildi
Hududiy elektr tarmoqlarida “Electro Control” nomli zamonaviy axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, ushbu tizim “DATA LIFE BUSINESS” rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur tizim elektr energiyasi yo‘qotishlarini monitoring qilish, ularni aniqlash va hisoblash, shuningdek, tarmoqdagi yo‘qotishlarni minimallashtirishga xizmat qiladi.
Axborot tizimi taqdimotida ishtirok etgan Vazir Sherzod Shermatov tizimning ahamiyatini alohida ta’kidlab, uni yanada takomillashtirish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berdi.
Bu tizim energetika sohasida resurslardan samarali foydalanishga zamin yaratib, hududlarda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter