Microsoft sun’iy intellektni o‘qitish uchun foydalanuvchi ma’lumotlarini ruxsatsiz yig‘ayotganida qo‘lga olindi
![Microsoft sun’iy intellektni o‘qitish uchun foydalanuvchi ma’lumotlarini ruxsatsiz yig‘ayotganida qo‘lga olindi](https://ict.xabar.uz/static/crop/1/9/920__95_1938710553.jpg)
Microsoft Word va Excel foydalanuvchilaridan ruxsatsiz ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘lga tushdi.
Bu haqda nixCraft taxallusi ostidagi insayder X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu ilovalarda Connected Experiences funksiyasi yoqilgan. Go‘yoki bu texnologiya neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun ma’lumotlarni to‘playdi.
Ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yish juda qiyin, tajribasiz foydalanuvchi uni tushunishi dargumon. Biroq, shuni bilish kerakki, o‘chirish jarayoni quyidagicha: Microsoft Office ilovasini ochgandan so‘ng menyuga o‘tib File → Options → Trust Center → Trust Center Settings → Privacy Options → Privacy Settings → Optional Connected Experiences va undan so‘ng Turn on optional connected experiences belgisini olib tashlang.
“Ushbu sozlama o‘zining standart konfiguratsiyasida Microsoftga har qanday hujjatlardan, jumladan, maqolalar, romanlar yoki boshqa asarlardan, shu jumladan mualliflik huquqi ob’yekti bo‘lgan yoki tijorat sirlarini o‘z ichiga olgan hujjatlardan mualliflar yoki egalarining roziligisiz foydalanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud, chunki Microsoft Officeda yaratilgan ma’lumotlar kompaniyalarda ichki neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun ishlatilishi mumkin. Shu sababli, o‘zining intellektual mulki yoki maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishdan xavotirda bo‘lgan har bir kishi zudlik bilan chora ko‘rishi kerak ", dedi tom’s Hardware Guide sharhlovchisi Anton Shilov, insayder xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter