Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Huawei kvant smartfon chiqardi

Huawei kvant smartfon chiqardi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Huawei Xitoydagi konferensiyada Mate 60 Proning kvant versiyasini taqdim etdi. Smartfon Quantum Securityni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya esa mobil maxfiylikni yaxshilaydi.

Kvant smartfoni Xitoyning China Telecom Quantum Group kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Asos sifatida avval e’lon qilingan Mate 60 Pro olindi.

Telefon LTE (VoLTE) tarmoqlari orqali ovozli kvant axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Qurilma mahalliy ishlab chiqarilgan chip, maxfiy algoritmlar va kvant xavfsizlik sim-kartasini o‘z ichiga olgan “uch tomonlama xavfsizlik” texnologiyasidan foydalanadi.

Kvant qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning kvantli shifrlangan telefon qo‘ng‘iroqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan terish paneli orqali amalga oshirish qobiliyatidir. Shifrlangan fayllar va xabarlarni uzatish oldindan o‘rnatilgan Quantum Secure Messaging ilovasida mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring