Farzandingiz “Aqlli sinf“da o‘qishini istaysizmi?

UZINFOCOM va Huawei kompaniyasi vakillari o‘rtasida ta’lim tizimini raqamlashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Huawei vakillari o‘zlarining ilg‘or loyihalari va texnologiyalarini namoyish etishdi.
Ayniqsa, “Aqlli sinf“ konsepsiyasiga katta e’tibor qaratildi. Bu o‘quv muhitini yanada samarali va har bir o‘quvchiga moslashtirilgan holda yaratishga yordam beradigan innovatsion yechim bo‘lib, u interaktiv vositalar, bulutli texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni o‘z ichiga oladi.
Tomonlar O‘zbekistonning ta’lim muassasalariga ushbu texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari va ta’lim tizimini raqamlashtirishga ko‘maklashadigan loyihalarda birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter