HP kompaniyasining katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShda Hewlett Packard (HP) kompaniyasining katta vitse-prezidenti, hukumatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha rahbari Britani Masalosalo bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda mamlakatimizni IT-xabga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida o‘zaro fikr almashdi.
Uchrashuvda 2023-yilning 15-iyun kuni Toshkent shahrida vazirlik va HP kompaniyasi o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumida ko‘zda tutilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish ham muhokama qilindi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va IT Park rezidentlariga qator qulayliklar yaratishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter