Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google yangi ofisida Wi-Fi o‘rnata olmaganligi uchun xodimlariga kafeda o‘tirib ishlashga ruxsat berdi (+video)

Google kompaniyasi yangi ofisiga Wi-Fi o‘rnata olmadi. Shu bois xodimlar Ethernet kabellarini noutbuklariga ulashga yoki o‘z telefonlaridan internetni tarqatishga majbur bo‘lishmoqda.

Gap shundaki, ofis tomining to‘lqinsimon dizayni tufayli butun boshli Wi-Fi signalini yutib yubormoqda.

Mashhur kompaniya muammoni oddiygina hal qildi va xodimlarini shunchaki yaqin atrofdagi kafeda o‘tirib ishlashga yubordi.

Shunday gigant kompaniya bitta Wi-Fini ishlata olmayotganligi qiziq albatta, ammo shinam kafeda, bir finjon issiqqina qahva ustida ishlash xodimlar uchun ham yoqimli bo‘lsa kerag-a?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring