Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google Chrome brauzerining pullik versiyasi chiqdi

Google Chrome brauzerining pullik versiyasi chiqdi

Foto: Midjourney

Google kompaniyasi o‘zining mashhur Chrome brauzerining Chrome Enterprise Premium deb nomlangan pullik versiyasini ishga tushirdi.

U biznes foydalanuvchilariga mo‘ljallangan va veb-serfing xavfsizligini oshirishga qaratilgan bir qator funksiyalarni taklif etadi.

Chromening pulli versiyasi va bepul versiyasi o‘rtasidagi asosiy farq - bu yaxshilangan xavfsizlik tizimi. Chrome Enterprise Premium o‘rnatilgan sun’iy intellektga ega bo‘lib, u ma’lumotlar sizib chiqishini kuzatadi, zararli dasturlarni bloklaydi va xavfli saytlarga kirishni cheklaydi.

Bundan tashqari, brauzerning pullik versiyasi tizim ma’murlari uchun ilg‘or funksiyalarni, hisobot berish funksiyalarini va antivirus echimlari bilan integratsiyani taqdim etadi.

Yangi mahsulot obuna orqali mavjud. Bir foydalanuvchining narxi oyiga $6.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring